29/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 29 noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida fikr almashildi.
Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari va idoralari yo‘nalishidagi muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, shu jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
2023 yilning birinchi choragida O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tomonlarning iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)