Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Polsha tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

TOSHKENT, 4-dekabr. /“Dunyo”AA/. 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, hukumatning xorijiy investitsiyalar bo‘yicha vakolatli vakili, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi Gjegoj Pexovyak bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yana-da kengaytirish, O‘zbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, so‘nggi uch yilda esa O‘zbekistonda Polsha kapitali ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, xususan, O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi  doirasidagi qo‘shma ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Shu nuqtai nazardan, kelgusi yilda Komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish zarurligi taʼkidlandi.

To‘qimachilik va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi Ohan...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklari...

Tashqi ishlar vazirligida YEI va unga ...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida YEI va unga aʼzo davlatlar, shuningdek, Buyuk B...

O‘zbekiston va xorij diplomatlari "Yangi...

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan "Yangi O‘zbekiston - o‘zgaruvchan va o...

So`nggi yangiliklar