Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


TOSHKENT, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy-diplomatik, chegaralar, savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari ertaga “Koreya R...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 30 noyabr k...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Da...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Vashingtonda AQSH Davlat kotibi E...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari BMT...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov BMTning O‘zbekiston...

So`nggi yangiliklar