Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Avgust/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Singapur elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Singapurning mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharudinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, diplomat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida erishilayotgan yutuqlarga ijobiy baho berdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining turli sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini, jumladan, o‘zaro tashriflar tashkil etish, TIVlararo maslahatlashuvlar o‘tkazish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish orqali aloqalarni faollashtirishni har tomonlama amalga oshirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Turli daraja va shakllarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani rag‘batlantirish maqsadida tomonlar ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, biznes-forumlar tashkil etish, elektron tijorat, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, taʼlim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Do‘stona va o‘zaro ishonch muhitida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida barcha sohalarda aloqalarni yo‘lga qo‘yishda birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari MDH...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekiston Prez...

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonda ...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida «O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyo...

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda o‘...

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston dele...

So`nggi yangiliklar