01/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida bugun vazirning birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov Hindistonning mamlakatimizdagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, banklararo hamkorlik va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdi.
Mazkur masalalar yuzasidan O‘zbekiston va Hindistonning tegishli kompaniya va tashkilotlari o‘rtasida yana-da batafsil muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eksport turlarini kengaytirish, ijtimoiy rivojlantirish qo‘shma loyihalarini amalga oshirish masalalari alohida muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarda ishbilarmonlik muhitini yana-da rivojlantirish, yangi o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)