29/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev bugun Ukraina elchisi Nikolay Doroshenkoni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish, shu jumladan, ikki mamlakat biznes subyektlariga o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).