29/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev bugun Jazoir elchisi Bumediyen Gennadni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, BMT, IHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi tomonlarning muloqoti muhokama qilindi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).