Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Kuvayt elchisi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda turli sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan yakdillik bildirdi


TOSHKENT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Kuvayt elchisi Ahmad al-Jiyron bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Kuvayt ko‘p qirrali munosabatlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tizimlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan yakdillik bildirdi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash va sayyohlik sohalaridagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchilari Transport vazirlig...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rah...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Giyohvandlik vosita...

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohanga...

Tashqi ishlar vazirligi Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida xorijdagi diplomatik vako...

So`nggi yangiliklar