06/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Misr elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish tarafdori ekanligini bildirdi.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)