28/Noyabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev bugun Qirg‘izistonning mamlakatimizdagi elchisi Muso Jamanbayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali hamkorlik ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat Prezidentlarining uchrashuvlari va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Turli darajadagi bo‘lajak muloqotlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashildi.
Sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlarning parlamentlararo, mintaqalararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tayyorligi qayd etildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).