Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston TIVda BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


 TOSHKENT, 23 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi rahbari Ashita Mittal bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMTning mazkur boshqarmasi o‘rtasidagi mintaqada giyohvandlik tahdidiga qarshi turish, giyohvand moddalar isteʼmoli va savdosini kamaytirish, uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizm, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va boshqarma o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" muvaffaqiyatli amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu dastur o‘zaro aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Muloqot chog‘ida ushbu yo‘nalishdagi yangi “Yo‘l xaritasi”ni tezroq qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbirda, shuningdek, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan mintaqaviy dasturni imzolashda birgalikda harakat qilish, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarini qamrab oladigan Giyohvandlikka qarshi harakatlar qo‘shma rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda ushbu yo‘nalishda, shuningdek, global va ikki tomonlama kun tartibining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik tasdiqlandi.

Mavzuga oid

Qirg‘iziston elchisi: Markaziy Osiyo dav...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yildagi tashabbusi asosida tashkil etilgan ...

Buxoroda xalqaro forum o‘z ishini davom ...

«Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidag...

Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bo...

“P4G sammiti ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videomurojaatin...

So`nggi yangiliklar