Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Sentabr/2021   Siyosat

O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari Turkiy Kengashga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonotini qabul qildi


TOSHKЕNT,  27-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra,  yig‘ilishda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari va Turkiy Kengash kotibiyati Afg‘oniston yo‘nalishida birgalikda qo‘shma harakatlar jihatlarini, xususan, keng vakillik asosida Afg‘oniston hukumatini tuzish zarurligi, inson huquqlariga, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlariga rioya qilinishini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida Afg‘oniston masalasiga taalluqli asosiy masalalar bo‘yicha mamlakatimiz pozitsiyasiga to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor. Afg‘oniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak.

Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsion jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerakligi ta’kidlandi.

Mojarodan keyingi Afg‘oniston strategiyasini ishlab chiqish muhimligi, shuningdek, mamlakatga zarur insonparvarlik yordami ko‘rsatilishi davom etishi alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida Turkiy Kengashga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonoti qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu tashkilot a’zoligiga 2019 yil  oktabr oyida qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shakat Mirziyoyev 2019 yilning 15 oktabr kuni  TTDHKning Bokuda (Ozarbayjon) o‘tkazilgan 7-sammitida ishtirok etdi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis quyi palatasida o‘tkazilgan ...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqa...

O‘zbekiston Prezidenti zamonaviy to‘qima...

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sardoba Oqsaroy tekstil» korxonasi faoliyati bilan tanishdi...

O‘zbekiston mavzusi Xitoyning yetakchi O...

Zamonaviy O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan muhim o‘zgarish va yangilanishlar Xitoyning...

So`nggi yangiliklar