Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Avgust/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari Janubiy Koreyada issiqlik taʼminoti obyektlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi

SEUL, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Seul shahridagi KDHC korporatsiyasida issiqlik taʼminoti obyektlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, samaradorlikni oshirishda foydalaniladigan texnik metodlar bo‘yicha tajriba almashmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Xususan, delegatsiya vakillariga korporatsiya xodimlari tomonidan Seul shahrida barpo etilgan yirik majmuaning markazlashgan sovutish tarmoqlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

KDHC korporatsiyasi bosh menejeri zamonaviy texnologiyalar asosida energiya tejamkor uskunalardan foydalanish hamda uy-joy va ijtimoiy soha obyektlarini yilning issiq mavsumlarida sovutish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

 Mazkur amaliy-o‘quv dasturida orttirilgan tajriba va bilimlar orqali yurtimizda markaziy issiqlik taʼminoti sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va tegishli infrastruktura obyektlarini boshqarishni rivojlantirishga erishish kutilmoqda.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan Qo‘qon...

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning yirik qurilish kompan...

BAA biznes-delegatsiyasi Toshkent va Sam...

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan BAAni...

Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston bizn...

Kecha Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar