Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Dekabr/2020   Media

O‘zbekiston va Afg‘onistonning energetika sohasidagi hamkorligi afg‘on matbuoti nigohida


QOBUL, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. Afg‘onistonda dariy tilida chop etiladigan «The Daily Afghanistan-e-Ma» gazetasida O‘zbekiston va Afg‘onistonning energetika sohasidagi hamkorligiga doir maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu maqola Afg‘oniston delegatsiyasining joriy yil 22-26 dekabr kunlari Toshkentga qilgan safari yakunlariga bag‘ishlangan.

Taʼkidlanishicha, Afg‘oniston yuqori darajali delegatsiyasining O‘zbekistonga safari davomida “Brishna sherkat” afg‘on kompaniyasi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida 2 ta shartnoma imzolangan.

Afg‘on kompaniyasi tarqatgan xabarga tayanib qayd etilishicha, “Brishna sherkat” kompaniyasi tijorat direktori vazifasini bajaruvchi Safiulla Ahmadzay va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbari Dadajon Isaqulov ushbu hujjatlarni imzolagan.

Kelishuvga muvofiq O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 2021 yilda O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksport qilish va “Surxon-Puli-Xumri” 500 kVt  elektr energiya yetkazib berish tarmog‘ini qurish shular jumlasidandir.

Ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar 2021 yilda boshlanadi. Dastlabki ikki yil davomida O‘zbekistondan 4 milliard kVt/s, keyingi yillarda – 6 milliard kVt/s miqdorida elektr energiyasi Afg‘onistonga eksport qilinadi.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Afg‘oniston aholisi va iqtisodiyotini taʼminlash uchun 2 000 mVt/s elektr energiyaga ehtiyoj mavjud.

Afg‘onistondagi ushbu ehtiyojni qondirish uchun “Brishna sherkat” kompaniyasi har yili Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan taxminan 1 000 mVt/s miqdorida elektr energiyasi sotib oladi. Afg‘oniston import qilayotgan elektr energiyasining umumiy qiymati yiliga 270-320 million AQSH dollari miqdorini tashkil etmoqda.

Xorijdan sotib olinayotgan 1 000 mVt/s elektr energiyasidan tashqari, mamlakat ichkarisida ham 280-320  mVt/s miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, deyiladi Afg‘oniston gazetasida chop etilgan maqolada.

Mavzuga oid

Eron matbuoti O‘zbekiston va Eron tashqi...

Joriy yil 7-9 mart kunlari Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar...

Janubiy Koreya telekanalida O‘zbekiston ...

Koreya Respublikasining «OLIFE» telekanali «Dunyo bo‘ylab sayohat» dasturi orqali yurtimiz...

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni invest...

Saudiya Arabistonining “Franchising” veb-saytida “Acwa Power O‘zbekistondagi investitsiyal...

So`nggi yangiliklar