Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOSHKENT, 29-noyabr. “/Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarinining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq tashkiliy va mazmundorligi jihatlari muhokama qilindi.

Savdo, investitsiya, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Elchi AQSH maʼmuriyatining O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak berish va pandemiyaga qarshi kurashda har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalariga, xususan, “C5+1” muloqot formati doirasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonning afg‘on xalqiga ko‘maklashish va qo‘shni mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuksak baholandi.

Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham ishtirok etdi. 

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi «Markaziy Osi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov 8 iyun kuni Nur-Sult...

O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Q...

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiya markazi tashabbusi bilan O...

O‘zbekiston TIV rahbari Italiya elchisin...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun Italiya elchisi Agostino Pinnani qab...

So`nggi yangiliklar