Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Belarus onlayn savdo vositalarini tadbiq etish bo‘yicha faol hamkorlik qilmoqda


MINSK, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. «O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ «Belarus universal tovar birjasi» AJ bilan birgalikda elektron tijorat mexanizmlari va onlayn savdo vositalarini joriy etish bo‘yicha faol hamkorlik qilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘zaro savdo hajmini oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Belarus bozoriga eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlar ikki mamlakat iqtisodiy sub’ektlariga o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlardan foydalanish, tuzilgan bitimlarning so‘zsiz va kafolatli bajarilishini ta’minlash hamda adolatli raqobat munosabatlariga asoslangan raqamli tovarlar bozori ishtirokchisiga aylanish imkonini beradi.

O‘zbekiston va Belarus kontragentlari o‘rtasidagi o‘zaro savdoni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma choralar majmui Belarus Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 sentyabrda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma doirasida amalga oshirilmoqda.

Bitimga muvofiq, tomonlar birja brokerlarini o‘zaro akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Shuningdek, Belarusda «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJning savdo maydonchasi - «Latemgrupp» MChJ ochildi. Mazkur savdo maydonchasi ko‘magida Belarus korxonalari O‘zbekiston korxonalari bilan savdo va xarid qilish operatsiyalarini masofadan turib Internet orqali amalga oshirmoqda.

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 24 ta Belarus korxonasi «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ elektron savdo tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan. Birja elektron savdosi orqali ushbu mamlakatga 164 ming dollar miqdorida eksport amalga oshirildi. O‘zbekiston bozorida talab katta bo‘lgan Belarus tovarlarining importi (metall mahsulotlari, yonilg‘i-moylash materiallari va shakar) qariyb 294 ming dollarga teng.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Belarus-O‘zbekiston agrar forumi doirasida belaruslik va o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning uchrashuvi va aprel-iyun oylarida birja bozori va davlat xaridlari tizimini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish uchun 3 ta qo‘shma o‘quv-seminari tashkil etildi.

Joriy yilning iyun oyida esa O‘zbekistonning ichki bozorini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan arzon raqobatbardosh narxlarda to‘ldirish maqsadida Minskdagi «O‘zRTXB» AJ savdo maydonchasi orqali tajriba shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra «Slutsk shakar zavodi» AJda tayyorlangan 678 tonna kristall shakar o‘zbekistonlik iste’molchilarga sotildi.

Mavzuga oid

«92 News»: O‘zbekistonning insonparvarli...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Pokistonga insonparvarlik yordami

O‘zbekiston elchisi va Hindiston davlat ...

O‘zbekiston elchisi va Hindiston davlat vaziri farmatsevtika, kimyo sanoati, transport va ...

Fransiya bilan hamkorlikda biologik o‘g‘...

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi tomonidan ushbu davlatning “Elephan...

So`nggi yangiliklar