Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Avgust/2021   Prezident

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari ko‘p qirrali o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi

 TOSHKENT, 30 avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat avvalida Belarus yetakchisi O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqini yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘z navbatida, davlatimiz rahbari Belarus Prezidentini tavallud topgan kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston - Belarus hamkorligini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari yuqori surʼat bilan ortib borayotgani, ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalari, taʼlim muassasalari o‘rtasida muvaffaqiyatli kooperatsiya amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik, farmatsevtika, kommunal soha, axborot-kommunikatsiya va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan, Belarus tomoni raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Hokimni hokim qi...

Bugun Qarshi shahrida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqar...

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, soha...

O‘zbekiston Prezidenti bugun xorijiy dav...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshta davlatning yangi tayinlangan elchil...

So`nggi yangiliklar