Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2023   Hamkorlik

O‘zbekiston va Chexiya farmatsevtika sohasida uzoq muddatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi

 FRANKFURT-MAYN, 29-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi va Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Chexiya savdo-sanoat palatasi ko‘magida O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Chexiyaning “Dr. Muller Pharma” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Dr. Muller Pharma” dori vositalari, tibbiyot mahsulotlari, biologik aktiv qo‘shimchalar va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yevropa, Afrika va Osiyoning 40 dan ortiq davlatlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilib keladi.

Kompaniya vakillari Andrea Veris va Irina Filipi muzokaralar davomida O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini, jumladan, farmatsevtika sohasini o‘stirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi hamda farmatsevtika sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlikni qayd etdi.

Muzokaralar yakunlarida Chexiya tomoni, xususan, mamlakatimizdan dori-darmon va kosmetika mahsulotlarini tayyorlash uchun xom ashyo yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi,...

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Namangan viloyati hokimligi vakill...

"Ishga marhamat" monomarkazlari o‘qituvc...

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida yurtimizdagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida faoliya...

Litva O‘zbekistondagi sport taʼlimini qo...

O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov kecha Litva sport universiteti rektorining maslahatc...

So`nggi yangiliklar