Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Sentabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Falastin TIV rahbarlari o‘rinbosarlari ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 4-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Toshkent shahriga Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Falastin davlati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Falastin xalqaro hamkorlik agentligi Bosh direktori Imod Zuhair bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Muzokaralarda alohida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Chernogoriyaning yangi elc...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Chernogoriyani...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining bir...

O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sam...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Koreya Respublikasi...

So`nggi yangiliklar