30/Dekabr/2022 Hamkorlik
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov va Germaniya elchisi Tilo Klinner ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
ITSV maʼlumotiga ko‘ra, hujjatlar qatoridan quyidagilar o‘rin oldi:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda GFR Iqtisodiy ishlar va iqlim bo‘yicha federal vazirligi o‘rtasida o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillari (rahbarlar) malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonnoma.
Imzolash marosimida qayd etilganidek, kelishuvlarning amalga oshirilishi GFR moliyaviy ko‘magida ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash, kasb-hunar taʼlimi, moliya sektori va shahar xo‘jaligini rivojlantirish borasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga imkon yaratadi.
Telegram uchun: O‘zbekiston va Germaniya o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini belgilab oldi
ITSVda O‘zbekiston-Germaniya ikki tomonlama hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi