Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Fevral/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Hindiston «aqliy markazlari» o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadallashtirish vazifalari muhokama qilindi

DEHLI, 22-fevral. “Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Hindiston tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari o‘rtasida aloqalarning joriy holatini muhokama qilish va istiqbollarini o‘rganish doirasida mamlakatimizning Dehlidagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Xalqaro aloqalar kengashi bosh direktori Tirumallay Ragavan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Hindiston Xalqaro aloqalar kengashi 1943 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi yetakchi «aqliy markazlar» qatoriga kiradi. Hozirga qadar mazkur kengash va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda respublikamizning qator tadqiqot markazlari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Uchrashuvda joriy yil davomida ikki davlat «aqliy markazlari» ekspertlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy tadbirlar, qo‘shma ilmiy nashrlar, O‘zbekiston va Hindistonda tashkil etilishi kutilayotgan xalqaro konferensiyalar muhokama qilindi. Tomonlar uchun birdek dolzarb bo‘lgan muammolar yechimiga qaratilgan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va ushbu maqsadda «aqliy markazlar» tegishli soha ekspertlarini qisqa muddatli almashinuv dasturlarini amalga oshirishga kelishildi.

Bu borada yaqin kunlarda O‘zbekiston va Hindiston tahliliy markazlari ikkinchi onlayn-forumining o‘tkazilishi mavjud hamkorlikni amaliy jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga umid bildirildi.

Mavzuga oid

Yevroparlament delegatsiyasi O‘zbekiston...

O‘zbekiston elchisi Dilyor Hakimov Yevropa parlamentining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitas...

Janubiy Koreyadan tabrik: Yangi O‘zbekis...

Janubiy Koreyadagi Yevroosiyo turkshunoslik institutining direktori, professor O In Kyong ...

Shanxayda O‘zbekiston va XXR o‘rtasida d...

Mamlakatimizning Shanxaydagi Bosh konsulligida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rt...

So`nggi yangiliklar