Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ilmiy-innovatsiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi


DEHLI, 23-iyun. /”Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahatov nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan innovatsiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Hindiston milliy innovatsiyalar jamg‘armasi direktori Vipin Kumar bilan muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Videokonferensiya aloqasi vositasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ilmiy innovatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.  

Hind tomoniga O‘zbekistonda qator sohalarda innovatsion yechimlarni keng tadbiq etish, bu borada olib borilayotgan faol davlat siyosati to‘g‘risidagi maʼlumotlar taqdim etilgani barobarida mazkur yo‘nalishda erishilgan amaliy natijalar xususida ham so‘z bordi.

Muloqot chog‘ida respublikamizda har yili anʼanaviy ravishda tashkil etiladigan “Innoweek.uz” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Hindiston milliy innovatsiyalar jamg‘armasi vakillarining faol ishtirok etishiga umid bildirildi.

Vipin Kumar o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasa faoliyati, bugungi kunga qadar erishilgan muvaffaqiyatlar haqida to‘xtalar ekan, jamg‘arma tomonidan qishloq xo‘jaligi, veterinariya, muhandislik, inson salomatligi kabi muhim sohalarda ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilganini maʼlum qildi. U O‘zbekistondagi tegishli ilmiy innovatsiya markazlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida jamg‘arma tomonidan to‘plangan ijobiy tajribani nazarda tutgan holda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Janubiy Koreya mukof...

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy ...

Seulda O‘zbekiston ichki ishlar vazirli...

Bugun mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya milliy...

Belaruslik taniqli jurnalist O‘zbekiston...

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasida mazkur mamlakatning “Zvyazda” nashriyot uyi dire...

So`nggi yangiliklar