Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston va Hindiston to‘qimachilik sohasida yetakchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilmoqda

DEHLI, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Respublikamizda to‘qimachilikni yana-da rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani jalb qilishga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Hindistonning Moda texnologiyalari milliy instituti bosh direktori Shri Shantmanu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda to‘qimachilik sohasida yetakchi, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Hind tomoni sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv uslublariga innovatsion, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish, “nou-xau”lar bo‘yicha fikr va tajriba almashish borasida o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Hindiston oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarini Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik dasturlariga jalb qilish hamda yaqin kelajakda tegishli qo‘shma fakultet ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Maʼlumot o‘rnida: 1986 yilda Hindiston To‘qimachilik vazirligi huzurida tashkil etilgan Moda texnologiyalari milliy instituti mamlakatdagi to‘qimachilik sanoati, xususan moda, dizayn, to‘qimachilik texnologiyalari va menejment sohalari uchun professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Institut mamlakat bo‘ylab 17 ta filialga ega bo‘lib, uning huzurida turli yo‘nalishlarda tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda institut dunyo miqyosida ushbu yo‘nalishdagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarining 10 taligiga kiradi.

Mavzuga oid

Nagoya universiteti va O‘zbekiston oliy ...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari Nagoya universiteti rahbariyati bilan ...

O‘zbekiston «IREG -2023» xalqaro konfere...

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Xalqa...

Ukraina va O‘zbekiston universitetlari o...

Universitetlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ukrainaning Xerson davlat universit...

So`nggi yangiliklar