Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston va Ispaniya qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

MADRID, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Moliya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari,  Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va “O‘zagrosug‘urta” AJ mutasaddilaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasining Ispaniyaga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Safardo‘an ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha normativ huquqiy-hujjatlar loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va takliflar tayyorlash bilan izohlanadi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, Ispaniyada qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasi 40 yillik tajribaga ega. O‘z navbatida, ushbu davlatning qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash tizimi dunyoning qishloq xo‘jaligi rivojlangan ilg‘or davlatlari tomonidan ham andoza sifatida tan olingan.    

Safar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyaning agrosug‘urta sohasini boshqaradigan barcha davlat va xususiy organlarida uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Ispaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sug‘urta bo‘yicha davlat agentligi (ENESA), Iqtisodiyot va raqamli o‘tish vazirligining Sug‘urta bosh boshqarmasi va vazirlik huzuridagi Sug‘urta kompensatsiyalari konsorsiumi (CCS),  “Agroseguro” agrosug‘urta kompaniyalari boshqaruvi, “MAPFRE” sug‘urta kompaniyasi, Qishloq xo‘jaligi kooperativlari federatsiyasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 Bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Ispaniya tomoniga   O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida to‘plangan tajriba haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.  

Ispaniya tomoni bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar natijasida O‘zbekistonda agrosug‘urta sohasini yana-da rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.    

Mavzuga oid

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston delegat...

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu soha monitoringi doirasida Qozog‘isto...

Parkent tumanida uzumchilik va vinochili...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi ...

Joriy yil O‘zbekiston-Latviya xalqaro av...

O‘zbekiston Transport vazirligida Litva Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi vakillari bi...

So`nggi yangiliklar