Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Ta'lim

O‘zbekiston va Ispaniya ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini o‘rganmoqda


MADRID, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi ko‘magida Ispaniya ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish vazirligining Rejalashtirish va ta’limni boshqarish departamenti, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi Prezident maktablari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqa «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-muloqotda Ispaniya vakillari Prezident ta’lim muassasalarining tashkil topishi, maqsad va vazifalari hamda dunyo ta’lim standartlariga mos ravishda joriy qilingan o‘qitish tizimi bilan tanishtirildi. 

Ispaniya ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish vazirligining Rejalashtirish va ta’limni boshqarish departamenti  direktori Xose Manuel Bar Sendon so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yoshlarning zamonaviy talablar darajasida ta’lim olishini ta’minlash muhim masallardan biri hisoblanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoqni ko‘zlagan maqsadlarga erishishda Prezident maktablari faoliyatini tashkil etish va u yerda iqtidorli yoshlarni tarbiyalash to‘g‘ri o‘ylangan qadam bo‘ldi.  

Videokonferensiya natijasida Ispaniya ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish vazirligi  hamda Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi Prezident maktablari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xususan, o‘quv muassasalarini turli adabiyotlar va o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim  sohasida tajriba almashinish yo‘lga qo‘yish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniya universitetida O‘zbekist...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida «El-yurt umidi» jamg‘armasi dire...

Toshkent tibbiyot akademiyasi Glazgo uni...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent tibbiyot akademiyasi (T...

O‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning e...

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabining o‘zbek tili fani o‘qit...

So`nggi yangiliklar