Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Mart/2021   Ilm-fan

O‘zbekiston va Isroil Fanlar akademiyalari o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi


TEL-AVIV, 17 mart. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Isroil Fanlar akademiyasi o‘rtasida anglashuv Memorandumini onlayn shaklda imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasining ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Bekzod Yo‘ldoshev va Isroil Fanlar akademiyasi prezidenti Nili Koen imzoladi.

Isroil Fanlar akademiyasi 1961 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi olimlar faoliyati va ilmiy kashfiyotlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish, davlat ahamiyatiga ega ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda maslahat berish, shuningdek, xorijiy va xalqaro sherik tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan. Isroilning yuzdan ortiq taniqli olimlari Fanlar akademiyasining a’zolari hisoblanadi.

Tadbir davomida tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasidagi hamkorlik doirasidagi qo‘shma tadbirlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Suhbatdoshlar ushbu imzolangan hujjatning ahamiyatini ijobiy baholadi. Bu O‘zbekiston va Isroil ilmiy-tadqiqot doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va hamkorlik qilish uchun asos yaratishi qayd etildi.

Nili Koen Isroil qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha «davra suhbatlari» va seminarlar tashkil etish sohasida o‘zaro kun tartibini ilgari surishga tayyorligini ta’kidladi.

U, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasini joriy yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Isroil Fanlar akademiyasi tashkil topganining 60 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.

Mavzuga oid

Dehli universiteti professori Hadis ilm...

Dehli universiteti Tilshunoslik ilg‘or tadqiqotlar markazining Tilshunoslik kafedrasi prof...

Ta’lim inspeksiyasi Yevropa oliy ta’lim ...

Jumladan, joriy yilning 28 aprel kuni ENQA boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishida ...

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi QS...

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro re...

So`nggi yangiliklar