Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Italiya TIV rahbarlari ikki tomonlama qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi


 TOSHKENT, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, ikkinchi vazirlar uchrashuvi samarali bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etilib, mazkur shakldagi muloqot Italiya va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim sohalarida ko‘p qirrali va barqaror hamkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Yig‘ilishda ikki tomonlama qo‘shma tadbirlar, jumladan, 2022-yilda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorlik va eksport kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo muloqotni yana-da mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni, xususan, Samarqand viloyati va Lombardiya hududi o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirishga har ikki tomon tayyorligi bildirildi.

2022 yilda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini qo‘shma tadbirlar orqali nishonlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqotda ikki davlatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining bir...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev kecha Mustaqil Da...

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohanga...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Tojikistonda elchixonasi tomonidan...

SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinator...

Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining vi...

So`nggi yangiliklar