Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Avgust/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Janubiy Koreya birgalikda zamonaviy mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollarini o‘rganmoqda


SEUL, 14 avgust. /«Dunyo»AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida «H Sulphur Corp.» kompaniyasi bosh menejeri Xan Min Su bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

Tomonlar O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan xomashyo asosida mikroelementlar qo‘shilgan oltingugurtli bentonit ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yechimlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Xan Min Suning so‘zlariga ko‘ra 1981 yilda tashkil etilgan «H Sulphur Corp.» kompaniyasi kaprolaktam, yuvish vositalari, shinalar va rezina, mineral o‘g‘itlar, shu jumladan oltingugurt bentonitini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning asosiy savdo bozorlari Yangi Zelandiya, Braziliya, Avstraliya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika, AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari.

Janubiy Koreya kompaniyasi vakili «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda mikroelementlar va oltingugurtli bentonit ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik masalasini o‘rganishga tayyorligini bildirdi. Uning fikricha, qishloq xo‘jaligida zamonaviy mineral o‘g‘itlardan foydalanish don va sabzavotlar hosildorligini sezilarli darajada oshiradi. O‘zbekistonda oltingugurt va karbamid ishlab chiqarishning mavjudligi kimyo sanoatidagi loyihalarning jozibadorligini oshirishi alohida ta’kidlandi.

Xan Min Su «H Sulphur Corp.» iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turlarini hisobga olib, oltingugurt bentonitini rux, temir, magniy va boraks kabi elementlar bilan boyitish mumkinligini aytdi.

Muzokaralar natijasida «H Sulphur Corp.» kompaniyasini keyingi o‘rganishlar olib borishi uchun batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, «O‘zkimyosanoat» rahbariyati bilan yaqin kelajakda videokonferensaloqa orqali muzokaralar olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

YUNKTAD bilan hamkorlik istiqbollari muh...

S.Umurzoqov hamda BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) bosh koti...

Turkiya bilan savdo-iqtisodiy va investi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Turkiya Respublikasi vit...

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spike...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seulga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi ...

So`nggi yangiliklar