Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/May/2021   Jamiyat

O‘zbekiston va Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mustahkamlanmoqda


SЕUL, 4 may. /«Dunyo» AA/. Kecha mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi  xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi rahbari Nodirbek Mahmudov va Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi rahbari Li Sing Xyup o‘rtasida o‘zaro aloqalarning bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv chog‘ida davom etayotgan koronavirus pandemiyasiga qaramay, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi hamkorlik barqaror va ijobiy dinamikaga egaligi ta’kidlandi. Ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida videokonferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

O‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini yanada takomillashtirish maqsadida tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo hujjat loyihasini tasdiqlashning barcha bosqichlari yakunlanganini tasdiqladi. Ushbu hujjatning imzolanishi joriy yilda Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi bosh komissari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu kabi hujjat loyihasi Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi o‘rtasida imzolashga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, jamoat xavfsizligi sohasida bevosita tajriba almashish maqsadida Janubiy Koreya vakillari joriy yil may oyida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Ushbu delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillari kiritiladi.

Shuningdek, tomonlar Koreya  Respublikasi Milliy politsiya universiteti va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashga tayyorligini ta’kidladi. Ushbu hujjatning imzolanishi joriy yil may oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday hujjat loyihasi Koreya  Respublikasi Milliy politsiya universiteti va O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida imzolanishga tayyorlanmoqda.

Janubiy Koreya vakillari tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. T’kidlash kerakki, joriy yilning iyun oyida Janubiy koreyalik mutaxassislarning kiberxavfsizlik va kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari uchun onlayn-kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, 2021 yilda Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari Koreya Respublikasi Milliy politsiya universitetining xalqaro kurslariga o‘qishga taklif etiladi.

Mavzuga oid

Senat qo‘mitasi Xalqaro mehnat tashkilot...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalala...

“Kamerton”da Mansur Jumayevning “Arilar ...

“Kamerton” adabiy jurnalining aprel sonida shoir va nosir Mansur Jumayevning “Arilar ko‘zy...

Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vosit...

O‘zbekistonda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vosita...

So`nggi yangiliklar