Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Dolzarb

O‘zbekiston va Janubiy Koreya korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hujjat tayyorlamoqda


SEUL, 4  mart. /«Dunyo» AA/. Bugun mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va  Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi xalqaro bo‘limlari rahbariyati o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida birinchi amaliy muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda ikki idora faoliyati va vazifalari to‘g‘risida o‘zaro ma'lumot almashildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil aprel' oyidan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish maqsadida veb-seminarlar va onlayn-muloqotlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan tomonlar o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun ikki mamlakat mutaxassislarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tadbir yakunida tomonlarning hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini hisobga olgan holda, o‘zaro anglashuv Memorandumi loyihasini ishlab chiqishga kelishildi.

Mavzuga oid

AQSh, Kanada va Amerika qit'asining bosh...

Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida «Uzbekistan Airw...

Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston va Janubiy Koreya harbiylar...

Bugun O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari tash...

So`nggi yangiliklar