Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mutaxassislari huquq-tartibot sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish masalalarini muhokama etmoqda


SEUL, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Doniyor Qodirov boshchiligidagi mamlakatimiz huquq-tartibot idoralari delegatsiyasi Koreya Respublikasiga  keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya mutaxassislari hamda ixtisoslashgan o‘quv muassasalari rahbarlari mazkur delegatsiya tarkibidan joy olgan.

Safardan ko‘zlangan maqsad o‘zaro tajriba almashish, jamoat xavfsizligini taʼminlanishi, shuningdek, huquq-tartibot idoralari uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirish bilan izohlanadi.

Safar doirasida Koreya milliy politsiya agentligi, Seul politsiya agentligi, Koreya milliy politsiya universiteti, Bosh prokuratura hamda Bojxona xizmati rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, safar dasturida O‘zbekiston delegatsiyasining Incheon  xalqaro aeroporti, temir yo‘l vokzallari, metropoliten, sayyohlik va boshqa yirik infratuzilma obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi bilan tanishuv ham ko‘zda tutilgan. Qator ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi ham rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid

Toshkent va Islomobod o‘rtasida charter ...

O‘zbekiston elchixonasi Pokistonning «Serene Air» aviakompaniyasining tijorat ishlari bo‘y...

Afg‘onistondagi «O‘zbek tili do‘stlari»...

O‘zbekiston Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yil...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Ita...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Italiya parlamenti ...

So`nggi yangiliklar