Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Sentabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Janubiy Koreya vakillari sanoat chiqindilarini birgalikda qayta ishlashning amaliy masalalarini muhokama qildi


SEUL, 18 sentyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan "KC Green Materials" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Pak Ki-so o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokara tashkil qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

Muzokaralarda, shuningdek, O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar keng ko‘lamli dasturlar va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlarni davom ettirish maqsadida Angren ko‘mir konidan chiqadigan gidro chiqindilarni, shuningdek, Angren IESning chiqindilarini (ko‘mir kulini) qayta ishlashga Janubiy Koreya kompaniyasining innovatsion yechim va texnologiyalarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Pak Ki-so Angren ko‘mir koni chiqindilari, Angren va Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyalaridan chiqadigan kul va gidroksid chiqindilari namunalarining kimyoviy tahlili yakunlanganini ma’lum qildi. Tahlil va tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, “KC Green Materials” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari asosiy hisobоtni tayyorlashni boshladi, ular O‘zbekiston tomoni ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov Pak Ki-soni mamlakatimizga tashrif buyurib, shu yerning o‘zida xomashyoni atroflicha o‘rganishni taklif qildi. U «O‘zkimyosanoat» mutaxassislari gidro chiqindi va kul qoldiqlaridan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha birgalikda izlanishlar olib borishga tayyorligini bildirdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini aniqlash bo‘yicha loyiha takliflarini tayyorlash uchun keyingi tadbirlarni ishlab chiqishni tezlashtirish taklif qilindi.

Muzokaralarda Janubiy Koreya tomoni asosiy hisobоtni tayyorlashi, “KC Green Materials” delegatsiyasining oktyabr-noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, videokonferensaloqa shaklida qo‘shma ishlar va muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha faoliyatni jadallashtirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Videokonferensiyada O‘zbekistonning Mosk...

Bugun “Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati: yangi imk...

O‘zbekiston - Ispaniya: temir yo‘l sohas...

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bilan Ispaniyaning «IBERTEST» kompaniya...

O‘zbekistonda biznes yuritish istagidagi...

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Pokiston hamjamiyati va biznes vakillari bilan on...

So`nggi yangiliklar