Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Kanada TIV rahbarlari muzokaralarda kanadalik investorlarni mamlakatimizning turli tarmoqlaridagi loyihalarga jalb etish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi

TOSHKENT, 4-dekabr. /Dunyo» AA/. YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Polshadagi 29-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Kanada hamkorligining diplomatik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasini kengaytirish, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.

Kanadalik investorlarni O‘zbekistonning turli tarmoqlaridagi loyihalarga jalb etish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zaro tashriflar va Kanada universitetlari bilan akademik dasturlarni amalga oshirish, Kanadaning yetakchi universitetlarining O‘zbekistonda filiallarini ochish orqali ilmiy va taʼlim sohasidagi aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida qardosh shahar munosabatlarini o‘rnatish, ekologiya, raqamlashtirish va “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

TIVda Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘...

Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizdagi Konstitutsiyaviy islohotlarga...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Dunyo”...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik hayʼatining kengaytirilg...

Turkiy kengashga aʼzo davlatlar tashqi i...

Bugun Istanbul (Turkiya) shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK, Turkiy...

So`nggi yangiliklar