Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyun/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari alohida strategik hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 2 iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin bilan kuni kecha uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki va ko‘p tomonlama shakllarda siyosiy va diplomatik hamkorlikni faollashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar chog‘ida Pak Chin Yangi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi. Janubiy Koreya alohida strategik hamkor sifatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohot va o‘zgarishlar yo‘nalishini qatʼiy va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi alohida taʼkidlandi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mahalliy mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga yetkazib berishni kengaytirish, transport infratuzilmasi, logistika, “yashil” iqtisodiyot va boshqa sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga Janubiy Koreya sarmoyasi va yuqori texnologiyalarini jalb etish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Muloqotda sog‘liqni saqlash, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida yangi yirik loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tashqi ishlar vazirlari Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo hadli bitimni imzoladilar. Janubiy Koreya delegatsiyasining tashrifi chog‘ida elektron parlamentni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘rmon xo‘jaligi, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalarida sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan idoralararo hujjatlar ham imzolandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Serbiya tashqi ishlar vaz...

Bugun O‘zbekiston va Serbiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvla...

O‘zbekiston TIV rahbari va Ozarbayjon el...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ozarbayjon el...

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari ...

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aloyev Bangladesh elchisi Muh...

So`nggi yangiliklar