Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Latviya mutaxassislari teletibbiyot sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalarini muhokama qildi


RIGA, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, uning hududlardagi filiallari rahbarlari, Latviyaning “Telemedica” kompaniyasi rahbari Andris Glazitis va Stradini nomidagi Riga universitetining Jamoat salomatligi instituti loyiha menejeri Aygars Miyezitis ishtirokida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tarkibiy islohotlarning konturlarini belgilash, shu jumladan, teletibbiyotni joriy etish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlangani bildirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash yili» deb eʼlon qilindi.

A.Glazitis O‘zbekiston Prezidentining mamlakatda teletibbiyotni joriy etish tashabbusini yuqori baholadi. Uning fikriga ko‘ra, bu kelgusi yillarda mamlakatda tibbiy madaniyat va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish nuqtai nazaridan amaliy natijalar beradigan uzoqni ko‘zlangan qarordir.

“Telemedica” kompaniyasi rahbari qayd etishicha, respublikaning ixtisoslashgan markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina tizimini tashkil etish tibbiyot muassasalarida masofadan turib xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, poliklinikalar va shifoxonalarda elektron ro‘yxatga olish tizimi yaratilishiga xizmat qiladi.

Andris Glazitis va Aygars Miyezitis Latviyada teletibbiyotni amalga oshirish tarixi haqida so‘zlab berdi. Stradini nomidagi Riga universiteti va Latviya universiteti hamkorlikda umumiy maʼlumotlar bazasida mavjud axborotlarni birlashtirish uchun butun Latviya bo‘ylab ixcham mobil nuqtalarni yaratishni nazarda tutgan loyiha amalga oshirilgan. Ushbu punktlar, asosan, keksa yoshdagi aholi istiqomat qiladigan qishloq va borish qiyin bo‘lgan joylarda tashkil etilgan. Natijada, ular hozirgi vaqtda Latviyaning yetakchi mutaxassislaridan yuqori sifatli tibbiy maslahat olish imkoniyatiga ega.

Latviyalik mutaxassislar ushbu masalani O‘zbekistonda targ‘ib qilishda har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, veb-seminarlar va treninglar o‘tkazish, epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha stajirovkalarni tashkil etish  bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mavzuga oid

Elchixona Koreya Respublikasi bilan qutq...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari Koreya Respublikasi Milliy qutqaruv xizmat...

Yekaterinburgda o‘zbek migrantlariga «Sk...

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahridagi Ural arxitektura va tadbirkorlik kollej...

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi...

O‘zbekiston elchixonasi Turkmaniston poytaxtidagi “Yildiz” mehmonxonasida 14 yanvar — Vat...

So`nggi yangiliklar