Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirlari onlayn shaklda turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini muhokama qildi


TOSHKЕNT, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov  bugun Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi manbasiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Latviya aloqalarining siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqoti hamda «O‘zbekiston – Latviya – Yevropa Ittifoqi» shaklidagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
 Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali hamda alohida mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Hazora...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi tomoni...

O‘zbekiston va Shvetsiya tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Shvetsiya Qirolligi...

O‘zbekiston TIV rahbari va GGGI raisi Or...

Seulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yashil o‘sish global instituti (...

So`nggi yangiliklar