Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida avtomobilsozlik sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

 KUALA-LUMPUR, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi diplomatik vakolatxonasi vakillari hamda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishtirokida “APM Automotive Holdings Berhad” va “O‘zAvtosanoat” AJ vakillari o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“APM Automotive Holdings Berhad” Malayziyaning yirik avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya avtomobil prujinalari (ressorlar), podveskalari, ammortizatorlari, o‘rindiqlari va konditsionerlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kompaniyaning Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Niderlandiyada korxonalari faoliyat yuritadi.

Muloqot chog‘ida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

O‘z navbatida, “APM Automotive Holdings Berhad” korxonasiga O‘zbekiston avtotransport sanoati ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilish masalasida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Yaponiya ishbilarmon doiralariga O‘zbeki...

Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirli...

Jahon banki ko‘magida masofadan xorijiy ...

Videokonferensiya Jahon banki ko‘magi doirasida tashkil etildi. Onlayn tadbirni Armaniston...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Kecha qisqa muddatli safari chog‘ida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzo...

So`nggi yangiliklar