Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Sentabr/2022   Fakt

O‘zbekiston va Malayziya savdo-sanoat palatalari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

KUALA-LUMPUR, 27 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatiya missiyasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi (National Chamber of Commerce and Industry of Malaysia –NCCIM) o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi onlayn  shaklda tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir joriy yil avgust oyida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish, milliy o‘zbek mahsulotlarining Malayziya bozoriga eksport hajmini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida elchixona tomonidan Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi bilan erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Hujjatni imzolash marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jahongir Mamajonov va Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi prezidenti So Tyan Lai boshchiligidagi tashkilotning 5ta mustaqil palatalari prezidentlari ishtirok etdi.

- O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni eʼtirof etgan holda joriy yil 15-16 sentyabr kunlari mamlakatingiz raisligida bo‘lib o‘tgan SHHTning 22-sammiti yuqori saviyada tashkil etilganini eʼtirof etish kerak, - dedi NCCIM prezidenti So Tyan Lai. -Malayziya tomoni idoralar o‘rtasida imzolanadigan Hamkorlik memorandumi ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarini o‘zaro manfaatli hamkorligiga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jahongir Mamajonov ushbu memorandum O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.

Tomonlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanib, ikki tashkilot rahbarlarining O‘zbekiston va Malayziyaga amaliy safarlarini uyushtirish, Malayziya hududida o‘zbek milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va biznes-forumini o‘tkazish, shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarining har ikki mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Jah...

O‘zbekistonning Sog‘liqni saqlash butunjahon assambleyasi 75-sessiyasidagi ishtiroki doira...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

Istanbulda portlash: qurbonlar va tibbiy...

Kecha Turkiyaning Istanbul shahridagi xorijiy sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Istiqlol k...

So`nggi yangiliklar