Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston va Misr mutaxassislari qadimiy kitoblar va qo‘lyozmalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi


QOHIRA, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Misr Kitoblar va milliy arxivlar uyi o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda ikki tomon o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan Anglashuv memorandumining yakuniy loyihasi bandlari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar madaniy, adabiy va tarixiy nashrlarni hamkorlikda amalga oshirish, kutubxonashunoslik, bibliografiya va arxivshunoslikda tajriba almashish, qo‘lyozmalarga oid meros va kitoblardan foydalanish, ulardan nusxa ko‘chirish, manbalarni asrash va restavratsiya qilish hamda bu boradagi texnologiyalardan birgalikda foydalanishga asosiy eʼtibor qaratdi.

Suhbat so‘nggida O‘zbekiston–Misr o‘rtasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy komissiyaning navbatdagi 7-yig‘ilishi doirasida Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Yevropa parlamenti d...

Kecha O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov Yevropa...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan ...

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi «Turkistonliklarga madaniy va ijtim...

Eldor Shomurodov “Roma” futbolchisi sifa...

O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi vakillari chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash, shun...

So`nggi yangiliklar