Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Ilm-fan

O‘zbekiston va Misr olimlari tomonidan Sharq allomalarining jahon ilm-fani sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi muhokama qilindi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Misrlik  taniqli islomshunos va arabshunos olimlar O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan «Sharq allomalarining Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, ICESCO, IRCICA kabi xalqaro tashkilotlar, Misr, Malayziya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Pokiston kabi xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir davomida Misr tomonidan Qohira universitetining Arxeologiya fakulteti dekani, professor Ahmad Rajab Rizq, Arab tili akademiyasi bosh kotibi o‘rinbosari, doktor Ibrohim Sharqaviy, «Al-Vadiy al-Jadid» universiteti Arab tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Saad Muhammad Abdulg‘afforning maʼruzalari tinglandi. Ular o‘z chiqishlarida Movaraunnahr mintaqasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti va Islom olamida tutgan o‘rni, shuningdek, Misr ilmiy muassasalarida saqlanayotgan o‘zbek ulamolariga tegishli manbalar haqida atroflicha maʼlumot berdilar.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu tadbir Sharq allomalarining jahon ilm-fani va Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Toshkentning Olmazor tumanida O‘zbekisto...

Turkiyaning yirik nashrlaridan biri – «Saboh» gazetasi innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston...

Buxoro davlat universitetida may oyida i...

Buxoro davlat universiteti tomonidan ham shu yilning may oyida ana shunday ikkita xalqaro ...

O‘zbekiston va Malayziya Xorazm viloyati...

Urganch shahrida Binary xalqaro universitetini ochishga oid uch tomonlama bitimni imzolash...

So`nggi yangiliklar