Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Niderlandiya-Britaniya kompaniyasi vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


BRYuSSEL', 4 mart. /«Dunyo» AA/. «O‘zkimyosanoat» AK boshqaruvi raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov «Shell»  Niderlandiya-Britaniya kompaniyasi vise-prezidenti Joanna Kunsberg bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.

Talbirda O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov ishtirok etdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Xususan, J.Mirzamahmudov «O‘zkimyosanoat» AK faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalarini bayon qildi. Chet el investisiyalari, texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, soha korxonalarini modernizasiyalash, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.

Joanna Kunsberg kompaniya O‘zbekistondagi qator sheriklar bilan hamkorlik qilishi va «O‘zkimyosanoat» AK bilan ham o‘zaro manfaatli sohalarda birgalikda ishlash imkoniyatlarini muhokama qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tomonlar o‘zaro aloqalarning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish uchun muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

ShHTga a’zo davlatlarning Sindao shahrid...

Ushbu yirik tadbir koronavirus epidemiyasiga qarshi kurash va profilaktika tadbirlarini am...

O‘zbekiston transport infratuzilmasini r...

Bugun Toshkent shahridagi «HYATT Regency» mehmonxonasida “O‘zbekiston Respublikasining tra...

O‘zbekiston joriy yilda 1,5 milliard Ros...

Eronning «Fars News», «Khabar Farsi», «Khabarban», «ITNA News» va boshqa qator yetakchi ax...

So`nggi yangiliklar