Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston va O‘mon Tashqi ishlar vazirligi yuridik xizmatlarining maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi


TOSHKENT, 19-avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari videokonferensiya orqali ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Hamkor tomon delegatsiyasiga O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining Ikki tomonlama kelishuvlar bo‘limi boshlig‘i Yahyo bin Ahmad al-Dagiyishi rahbarlik qildi.

Ekspertlar imzolangan ikki tomonlama hujjatlar inventarizatsiyasini o‘tkazdi, shartnomaviy-huquqiy bazaning joriy holati ko‘rib chiqildi, shuningdek ko‘rib chiqayotgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoni muhokama qilindi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-O‘mon hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak majlisida imzolashga erishish uchun bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro ma’muriy yordam to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda Bandlik va mehnat resurslarini rivojlantirish sohasidagi idoralararo memorandum loyihalarini ishlab chiqishni tezlashtirishga kelishib oldilar.

Ushbu masalalarni tezkor hal etish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirok to‘g‘risida ma’lumot almashildi.
 

Mavzuga oid

Bоtir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vaz...

Bоtir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

O‘zbekiston delegatsiyasi yangi saylanga...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston de...

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bir...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida O‘...

So`nggi yangiliklar