Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   Jamiyat

O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan agentliklari o‘zaro tajriba almashmoqda


BOKU, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi delegatsiya davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, bu yo‘nalishda to‘plangan tajribani o‘rganish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan.

Delegatsiya a’zolari safar doirasida Ozarbayjon davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi, “Elektron hukumatni rivojlantirish” markazi, “Innolend” inkubatsiya markazi, “ASAN” markazi, Call-markaz, mobil “ASAN xizmatlari” faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Xususan, Ozarbayjon davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki agentlik o‘rtasida Harakatlar rejasi muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Gender tenglik masalalari bo‘yicha muvof...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha respublik...

Ishchi guruh Xorazm viloyatidagi eksport...

O‘zbekiston Respublikasi yirik eksportchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish ha...

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mutaxassi...

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniya bilan ilmiy hamkorlik do...

So`nggi yangiliklar