Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Iyul/2022   Ilm-fan

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi

BOKU, 10-iyul. / “Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Bokudagi elchixonasi Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi (OMFA) bilan hamkorlikda “Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi va ilmiy aloqalar rivojida yangi bosqich” mavzusida ilmiy konferensiya tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, Akademiya rahbariyati va qator muassasalari bosh direktorlari va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni ochar ekan, OMFA vitse-prezidenti, adabiyot instituti bosh direktori, akademik Isa Gabibbeyli Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi va madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirishning yangi bosqichi haqida so‘zlab berdi.

Akademik Isa Gabibbeyli o‘z nutqida Akademiya institutlarida har yili Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlariga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkazilishi va kitoblar nashr etilishini taʼkidladi. “Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2022 yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi, u yerda imzolangan hujjatlar va tashkil etilgan yuqori darajadagi uchrashuvlar Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni butunlay yangi tarixiy bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan yuksak mehmondo‘stligi, O‘zbekistonda Haydar Aliyev nomidagi xiyobon, yangilangan ko‘cha va barelyefning ochilishi, zamonaviy o‘zbek davlatining Ozarbayjon Prezidentiga chuqur hurmat va ehtiromining yorqin namunasidir”, dedi u.

“Xivadagi uchrashuv alohida tarixiy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga Muhammad Fuzuliyning qo‘lyozmasini sovg‘a qildi. Ozarbayjon qo‘lyozmalar fondida Alisher Navoiyning qimmatli qo‘lyozmalari ham mavjud. Prezidentimizning O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng oldimizda turgan asosiy masalalardan biri Alisher Navoiyning Bokuda saqlanayotgan qo‘lyozmalari katalogini tayyorlash va uni chop etish qardoshlik burchimiz deb hisoblayman”, - dedi OMFA vitse-prezidenti.

O‘z navbatida, elchi Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida urg‘uladi. “Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida turli sohalarni qamrab olgan 20 ga yaqin hujjat imzolandi. Biz madaniyat va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning bugungi kundagi yutuqlarini taʼkidlab, kelgusi hamkorlikni jadal rivojlantirishimiz zarur”, deya taʼkidladi mamlakatimiz diplomatiya missiyasi rahbari.

Ilmiy sessiyada, shu jumladan, Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti bosh direktori, akademik Teymur Kerimli, Arxitektura va sanʼat instituti bosh direktori Ertegin Salamzade, Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti bosh direktori, professor Nadir Mammadli hamda Adabiyot institutining “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston” adabiy aloqalari bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari doktori Olmos Ulvi so‘zga chiqdi.

Mavzuga oid

Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari B...

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Tatariston Respublikasining Bulg‘or isl...

Sankt-Peterburgda “O‘zbek tilining izohl...

Tadbir doirasida Bosh konsulxona tomonidan institutga «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taq...

O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkaziladi...

O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati tasdiqlandi...

So`nggi yangiliklar