Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Dekabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar


TOSHKЕNT, 11 dekabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentini Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklab, birodar mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishiga umid bildirdilar.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Pandemiya bilan bog‘liq mushkul davrda mamlakatlarimiz bir-birini qo‘llab-quvvatlagani, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va strategik hamkorlikning navbatdagi namoyoni bo‘lgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, turizm va boshqa sohalarda yetakchi korxonalarning kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhimligiga alohida to‘xtaldilar. Tomonlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadal davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘tt...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginin...

O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari tari...

Anqara shahrida 19 fevral kuni Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik ken...

Mas’uliyat va javobgarlik bo‘lsa, jinoya...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Orzu” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod ...

So`nggi yangiliklar