Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Prezident

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini taʼkidladilar


TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/.  Bugun Dushanbe shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani taʼkidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yo‘l xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Xo‘jandga keldi...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni D...

Prezident barcha Mehribonlik uylari va m...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyini borib ko‘rdi...

O‘zbekiston Prezidenti murabbiylar yetis...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun sport ta’limini rivojlantirish va Olimpiya zaxiralarini...

So`nggi yangiliklar