29/Yanvar/2023 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Polsha Tashqi ishlar vazirligi Sharq departamenti direktori Malgojata Kotsiura-Kajmiyerska bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va turli darajalardagi tashriflarning taqvimi, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasida, jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi o‘zaro aloqalari yuzasidan fikr almashildi.
Turli yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni yana-da mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.