Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekiston va Polsha kosmik tadqiqotlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi

VARSHAVA, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan yurtimizda kosmik infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyat doirasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar  (“O‘zbekkosmos”) agentligi va Polshaning “Creotech Instruments SA” kompaniyasi vakillari o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“Creotech Instruments SA” – Polshada sunʼiy yo‘ldosh tizimlari va komponentlari ishlab chiqaruvchi, kvant kompyuterlarini boshqarish tizimlari uchun ilg‘or elektronika, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish tizimlari uchun qurilmalar va dasturiy taʼminotlarni yetkazib beradigan yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Videomuloqot chog‘ida O‘zbekistonning Varshavadagi elchisi Bahrom Boboyev, “O‘zbekkosmos” agentligining departamenti direktori Ismoil Rasulov, Polsha tomonidan “Creotech Instruments SA” kompaniyasi vitse-prezidenti Yatsek Kozyek ishtirok etdi.

Onlayn uchrashuvda “Creotech Instruments SA” kompaniyasining taqdimoti doirasida kompaniyaning ish tajribasi hamda mavjud texnologiyalari va ishlab chiqilgan loyihalari ko‘rib chiqildi.

O‘z navbatida, “O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan ham taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston kosmik sohasining kun tartibi, kosmik infratuzilmani rivojlantirish doirasidagi milliy ehtiyojlar, ishlab chiqilgan hamda rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama muzokaralarni davom ettirish maqsadida joriy yil 25 - 27 aprel kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Koinot texnologiyalari konferensiyasida ishtirok etish uchun “Creotech Instruments SA” kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish hamda tegishli hamkorlik memorandumi va “Yo‘l xaritasi”ni  imzolash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

Hindistonlik ekspert: O‘zbekistondagi ko...

«Tillotoma Foundation» tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Mina Singx Roy

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohot...

Ispaniyaning «El Mundo Financiero» xalqaro onlayn nashri sahifasida Inson huquqlari bo‘yic...

Singapur elchisi: Prezident Shavkat Mirz...

Singapurning O‘zbekistondagi elchisi Zulkifli Baharuddin bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston P...

So`nggi yangiliklar