Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Iyul/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Portugaliya o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda


LISSABON, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Portugaliyaga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Lissabon va Portu shaharlarida o‘zbek diplomatlari Respublikasi Assambleyasi (parlamenti), Tashqi ishlar, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Turizm bo‘yicha davlat kotibiyati, savdo va sanoat palatasi (SSP), Lissabon, Portu, Ponto de Lima shahar hokimliklari, Portu va Minho universitetlari rektoratlari masʼullari, shuningdek, biznes hamjamiyati vakillari hamda Leyriya shahrida yashovchi vatandoshlar bilan uchrashdi.

Bundan tashqari, Portugaliya sanoat uyushmasi (AIP) bilan hamkorlikda O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining taqdimot marosimi tashkil etilgani barobarida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va AIP o‘rtasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Amaliy safar chog‘ida boshqa  qator kelishuvlarga ham erishildi. O‘zbekiston davlat Mustaqilligining 30 yilligini  Leyriya shahrida nishonlash, 2022 yil  iyun oyida Lissabon shahrida o‘tkaziladigan  Okeanlar bo‘yicha BMT xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston ishtiroki, Lissabon, Portu va Leyriya shaharlarida biznes-forumlar va sentyabr oyida O‘zbekiston taqdimotlarini o‘tkazish shular jumlasiga kiradi.

 Muzokaralar yakuni bo‘yicha Buxoro va Portu, Toshkent va Lissabon shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, Portugaliya poytaxtida ikki davlat o‘rtasida diplomatiya aloqalari o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yuqoridagilardan tashqari, Portu, Minyo va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markaziga  grantlarni jalb qilish uchun «Suriyalik talabalar jamg‘armasi uchun global platforma» fondi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Mi...

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misrning yirik savdo kompaniyalari vakillari ishtiro...

O‘zbekistonda yetishtirilgan dukkakli ek...

Mahalliy «Global Export Company» kompaniyasi Niderlandiya va Belgiyadagi yirik distribyuto...

YETTB va XMK o‘rtasida O‘zbekistonda pax...

Kecha videokonferensiya shaklida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Yevropa tiklanish ...

So`nggi yangiliklar