Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Siyosat

O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni ko‘p qirrali jihatga yo‘naltirishdan manfaatdorlik bildirdi


TOSHKЕNT, 11-aprel. /«Dunyo» AA/. Doha shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Qatar hamkorligini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi va uni ko‘p qirrali jihatga yo‘naltirishga xayrixohligi bildirildi.

Vazirlar yaqinda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning samarali natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdi va barcha darajalarda konstruktiv muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri barcha sohalarda aniq natijalarga erishishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi darajasini yuqori baholadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik Qatar tashqi siyosatida ustuvor o‘rinlardan birini egallaydi.

Madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid

Parlamentlararo Ittifoq raisligiga saylo...

1 noyabr kuni dunyo mamlakatlari parlamentlarini birlashtirgan, 130 yildan ortiq tarixga ...

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo, Buyu...

«Bugun Markaziy Osiyo, Buyuk ipak yo‘li davrlarida bo‘lganidek, Yevropa va Osiyo o‘rtasida...

O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tgan...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun elektr energiyasi ...

So`nggi yangiliklar